Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ta’lim muassasalari, mahallalarda, davlat va jamoat tashkilotlarida Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari bo‘lib o‘tmoqda.
  2017 yil 15 sentyabr kuni Samarqand Davlat universitetida Atoqli Davlat arbobi va taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbiri o‘tkazildi.

  Tadbir Samarqand Davlat universiteti Bosh binosi peshtoqiga o‘rnatilgan Sh.Rashidov lavhasini ochish marosimi bilan boshlandi.

  Ushbu tadbirni SamDU rektori R.I.Xalmuradov va Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari A.Umarovlar ochib berishdi. Tadbirda SamDU professor-o‘qituvchilari, Samarqand viloyat «Nuroniy» jamg‘armasi, tarixchi olimlar, yozuvchi va shoirlar, mahalla faollari, SamDU talabalari va Jizzax viloyatidan kelgan mehmonlar qatnashishdi.

  SamDU Bosh binosi faollar zalida Sh.Rashidovga bag‘ishlangan xotira kechasida SamDU professori Mavlon Jo‘raqulovich Jo‘raqulov, «Jizzax ovozi» gazetasi bosh muxarriri Akram Inomov, Samarqand viloyat Nuroniy jamg‘armasi raisi Hasan Norbekovich Normurodov va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik Sayyora Rashidovalar ma’ruza qildilar.
  Xotira kechasida Sh.Rashidovni yaqindan tanigan kishilar bu insonning ibratli hayot yo‘li va sermahsul ijodiy faoliyati xususida yoshlarga so‘zlab berdi.
  Tadbirda adib asarlaridan namunalar o‘qildi.