2017-yil 19 sentyabr kuni «O‘zbekistonda ilm-fan, oliy ta’lim tizimining shakllanishi va taraqqiyotida Samarqand davlat universitetining tutgan o‘rni» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Samarqand ilm-fan, madaniyat va ma’rifat beshigi; Jahon ilm-fani taraqqiyotida Sharq mutafakkirlarining tutgan o‘rni; Samarqand davlat universiteti ilmiy maktablarining O‘zbekiston ilm-fanini rivojlantirishdagi roli; Samarqand davlat universiteti yuqori malakali kadrlar tayyorlash maskani: yutuqlar, muammolar, yechimlar sho’balarida ish olib bordi.

Konferensiyada Moskva Davlat universiteti, Saratov texnika universiteti, Shimoliy Kavkaz federal universiteti olimlari shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari (Ogayo universiteti), Avstraliya (Avstraliya universiteti) va Italiya (Boloniya universiteti) ilmiy markazlaridan hamda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari, tadqiqotchilari, magistrantlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.