Samarqand davlat universiteti Biologiya va Kimyo fakultetida ilmiy – ijodiy hamkorliklar
Samarqand davlat universitetining MDH davlatlari va bir qator xorijiy davlatlar bilan o‘zaro ilmiy – ijodiy hamkorliklari mavjud bo‘lib, ular bilan ko‘p sohalarda ishlar olib borilmoqda.
Ularning natijasi sifatida joriy yilning 21 sentyabr kuni Universitetning Biologiya va kimyo fakulteti «Kimyo» bo‘limida Rossiya Federasiyasining M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti olimi k.f.n. Nikita Yevgeniyevich Tamm bilan bo‘lim talabalari va professor – o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda k.f.n. N.Ye.Tamm «Universitet va tijorat korxonalari hamkorligini innovasion rivojlantirish imkoniyatlari» mavzusida ma’ruza qildi.