Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari

2017 yil 13-oktyabr kuni Geografiya va ekologiya fakultetida SamDU xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda «Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni SamDU xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Sh.B.Tuxliyeva olib bordi. Unda Samarqand viloyati ilmiy-amaliy oila markazi raisi R.Sh.Toshquvvatova, Samarqand shahar 2-son FHDYo bo‘lim mudiri Z.N.Axmedova, Salomatlik va tibbiy statistika instituti viloyat filiali direktorii N.O‘.Ergasheva, Biologiya va kimyo fakulteti 4-kurs talabasi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi stipendianti G.Abbosovalarning «Oila-farog‘at qasri», «Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari oqibatlari», «Sog‘lomturmush tarzi» va «Biz erta turmush qurishga qarshimiz» nomli ma’ruzalari tinglandi. Tadbir fakultetda tahsil olayotgan talaba-qizlarda katta taassurot qoldirdi.