“O‘ZBEKISTON – UMUMIY UYIMIZ”

Samarqand San’at kolleji konsertlar zalida koreys millatiga mansub hamyurtlarimizning O‘zbekistonda istiqomat qilayotganliklarining 80 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida katta bayram konserti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda respublikamizning ko‘pgina viloyatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar, keng jamoatchilik vakillari, Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.
Konsert avvalida koreyslarning O‘zbekistonga ko‘chirilishiga oid videofilm namoyish etildi. Koreys milliy kuy-qo‘shiqlari va raqslaridan iborat bayram konserti yig‘ilganlarni xushnud etdi.