Sog`lom kelajakning mustahkam asosi

Bugungu kunda onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoyalash, sog`lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, barqaror rivojlanayotgan yurtimizning negizi sifatida oila institutini mustahkamlash mamlakatimiz davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. Bu borada joylarda bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri – “Bugungi qiz – ertangi ona” mavzisidagi davra suhbati universitet xotin-qizlar boshlang`ich tashkiloti tashabbusi bilan 2017-yil 16-noyabr kuni Samarqand davlat universiteti 4-son TTJda o’tkazildi.
Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali shifokori M.N. Rabbimovaning “Ko`krak bezi saratoni”, Viloyat endokrinologiya dispanseri shifokori N. D. Fayziyevaning “Qandli diabet, yod tanqisligi va yashash tarzi” mavzusidagi ma`ruzalari tinglandi.
Davra suhbatida talaba qizlar ham faol qatnashib, ma`ruzachilarga o`z minnatdorchiliklarini bildirdilar va mavzu doirasida bir qancha savollar berib, ma`lumotlar oldilar.
Tadbir so`ngida adashib yoki yengil pul topish ilinjida mentalitetimizga mos bo`lmagan axloqsizliklar qilib, oilasi sha`ni, o’z or-nomusini oyoq osti qilayotgan qizlar haqidagi “Adashgan qizlar” nomli videorolik namoyish etildi.



