Samarqand davlat universitetida Ozarbayjon madaniyati va san’ati kunlari

24-25 noyabr kunlari Samarqand Davlat universitetida Ozarbayjon davlatining Xaydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi tomonidan Ozarbayjon davlati madaniyat va san’at kunlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning birinchi kunida geografiya va ekologiya fakultetida Ozarbayjon milliy-madaniy markazi tashabbusi bilan mavzuga oid fotoko‘rgazma tashkil qilindi hamda O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik xonasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng ikki millat orasidagi azaliy va hozirgi aloqalarni aks ettiruvchi videofilm namoyish etildi.
Tadbirning ikkinchi kunida universitet faollar zalida konsert dasturi tashkil qilindi. Dastur davomida Ozarbayjon xalqining milliy liboslari, kuy va qo‘shiqlari namoyish etildi. Bunday tadbirlar talaba yoshlarni boshqa millat vakillari bilan do’stligini, millatlararo totuvlikni mustaxkamlashda muhim o‘rin egallaydi.