Hunarli qiz kelajagi bor qiz

2018-yil 12-oktyabr kuni universitetning 5-son talabalar turar joyida “Hunarli qiz kelajagi bor qiz” mavzusida talaba qizlar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Tanlovda universitetning 9 ta fakulteti qizlari ishtirok etdi.
Tanlovda talaba-qizlar beshta shart bo‘yicha bellashdilar. Ishtirokchilarning chiqishlarini odilona baholagan hay’at a’zolarining qaroriga binoan o‘rinlar quyidagicha belgilandi.
Oliy o‘ringa biologya fakulteti talabasi Ergasheva Maftuna;
1-o‘ringa jismoniy madaniyat fakulteti talabasi O‘rolova Laylo;
2-o‘ringa kimyo fakulteti talabasi Saidova Marjona;
3-o‘ringa rus filologiyasi fakulteti talabasi Azizova Nurnisolar munosib deb topildi. Tadbir yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Sh.To‘xliyeva. Universitet Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi.

