Orol dengizi basseynida turg‘un boshqaruv va ijtimoiy barqarorlikni ilgari surish uchun innovatsion yondoshuvlar

2018-yil 16-oktyabr kuni Samarqand davlat universiteti Bosh binosi katta majlislar zalida “Orol dengizi basseynida turg‘un boshqaruv va ijtimoiy barqarorlikni ilgari surish uchun innovatsion yondoshuvlar” mavzusidagi xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Prezident huzuridagi xalqaro Orolbo‘yi innovatsiya markazi hamda Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil yetilganini ma’lum qildi. Shuningdek, vazirlik va Qurg‘oqchilik sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) direktori Ismaxon Yeluafi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Forum doirasida Bosh binosi foyesida Samarqand viloyatidagi Oliy o‘quv yurtlarida yaratilgan ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.