Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti doktoranti Alisher Eshonqulov. Kimyo fanlari doktori, professor Nurali Muhammadiyev va Yuriy Galyametdinovlar rahbarligida Samarqand davlat universiteti va Qozon milliy tadqiqot universitetlarida “Yarimo‘tkazgichli nanokristallar va gibrid kvant nuqtalar sintezi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

   Dissertatsiyaning dolzarbligi yarimoʼtkazgichli nanokristallar yoki kvant nuqtalar – bu turli fanlar yoʼnalishida, xususan materialshunoslikdan tibbiyotgacha boʼlgan eng qiziqarli va istiqbolli boʼlgan obyektlardan biridir. Yarimoʼtkazgichli nanokristallar va ularga asoslangan materiallar optoelektronikaning yangi avlod yorugʼlik diodlarini yaratishda, lazerli muhitlar asosini hosil qilishda, biobelgilar, terapiya-diagnostikada ham qoʼllaniladi.

  Alisher Eshonqulovning ilmiy tadqiqot ishi bo’yicha maqolalari bazalarida indekslanadigan yuqori inpact faktorli jurnallarda chop etilgan.

   Alisher Eshonqulov kimyo fani bo‘yicha respublika fan olimpiadasi g‘olibi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida faol ishtroki uchun taqdirlangan. 2017-2018 yillarda 2 marta

Prezident stipendiyasi sovrindori. Moskva davlat universitetida yosh olimlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlovda oltin ko‘krak nishoni; AQSH, Germaniya, Kanada, Rossiya kabi davlatlarda bo‘lgan xalqaro konferensiyalarga qatnashib, sertifikat va diplomlarga sazovor bo‘lgan.

  Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH davlatlaridagi ilmiy va o‘quv muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan «Eng yaxshi yosh olimlar – 2021» xalqaro tanlovida g’olib bo’lib, oltin medal bilan taqdirlandi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi MDH davlatlarining oliy ta’lim muassasalari talabalarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojiga hissa qo‘shayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib rag‘batlantirishdir. Loyiha doirasida MDH mamlakatlari oliy ta’lim muassasalarining qobiliyatli, xalqaro olimpiada va tanlovlarning g‘oliblari bo‘lgan talabalarning yutuqlarini aks ettiruvchi «Xalqaro iqtidorli yoshlar ensiklopediyasi» nashrdan chiqdi.

Behruz SHAMSIDDINOV
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.

Shavkat AKROMOV olgan surat