Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi

2018-yil 21-oktabr kuni Samarqand davlat universitetida Kimyo fakulteti professor-o’qituvchilari va universitet jamoasi bilan AQShdagi Shimoliy Karolina universiteti Biokimyo va biofizika fanlari professori, 2015-yil Kimyo yo’nalishi bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Aziz Sanjar “Sarhadsiz bilim ichra kechgan hayot” mavzusida ma’ruza o’qidi.
Ma’ruzada Aziz Sanjar faoliyatlarida kuch-quvvat manbai bo’lgan turk dunyosining muvaffaqiyatlarida alohida o’rni borligini qayt etdi.
Bitta kashfiyot uchun 45 yil mehnat qilganligini eslatib o’tgan Sanjar ilm-fan sohasidagi yoshlarni hamkorlikda chorladi.
Uchrashuvdan keyin Aziz Sanjar Samarqand shahrining ta’rixiy me’moriy obidalarini ziyorat qildilar. Aziz Sanjarga rektorimiz R.I.Xalmurodov va viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari R.R.Qobilovlar hamrohlik qildilar.



