"Zakovat" intellektual final o’yini o’tkazildi

2018-yil 22-oktyabr kuni Samarqand davlat universiteti talabalari ishtirokida "Zakovat" intellektual final o’yini bo’lib o’tdi.
O’yin final bosqichida mexanika-matematika, tarix, kimyo, fizika fakultetlarining eng kuchli deb topilgan 4 ta jamoasi o’zaro bellashdilar.
O’yin juda qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o’tdi. Tadbir yakunida umumiy ballar hisobida fizika fakultetining “Iqtidor” jamoasi g’olib deb topildi.
G’oliblar universitetning faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandilar.


A.Norqulov, fizika fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

