Harakatlar strategiyasi – aholini ijtimoiy himoyalashning garovi

Samarqand davlat universitetida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini amalga oshirishda aholini ijtimoiy himoyalashning o‘rni va roli” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda SamDU prorektori B. Islomov, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori M. Pardayev, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Samarqand mintaqaviy filiali rahbari A. Bazarov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori F. Nabiyev, fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va talabalar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati, unda o‘z aksini topgan vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy sohadagi tarkibiy o‘zgarishlar haqida so‘z bordi. Harakatlar strategiyasini hayotga to‘la joriy etish barchamizning burchimiz ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir so’ngida tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga ma’ruzachilar tomonidan javob berildi.