Akademik bilan uchrashuv
Akademik bilan uchrashuv
- 18.01.2018
- 5992

2018 yil 18 yanvarda “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Qalandar Abdurahmonov ishtirokida Samarqand davlat universiteti talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda Samarqand davlat universiteti Akademik litsey o‘quvchilari, o‘qituvchilari bilan uchrashuv va “Ta’lim tizimini innovatsion rivojlanishi va yoshlar mehnat bozori” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimizning 2017 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 2016 yilda boshlangan iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda akademik ilmning rolini oshirish, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or ilm-fan yutuqlarini amalda joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustahkamlash, hududiy va tarmoqli muammolarni hal etishda ularning faol ishtirokini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, jahon miqyosida mahalliy ilm-fanning nufuzini oshirish bo‘yicha ishlarni uzluksiz davom ettirishda kuchli turtki bo‘ldi.
Olib borilgan tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy jihatlar muhokama qilindi, murojaatnomada jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida amalga oshirilgan islohotlar o‘z aksini topdi. Jumladan, oliy ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Professor-o‘qituvchilar tarkibining salohiyatini oshirish, yetuk mutaxassislarni tayyorlash va ushbu yo‘nalishda zamonaviy shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qilingan ishlar tahlil qilingan, kelajakka istiqbolli rejalar va ularni amalga oshirish yo‘llari belgilab olingan.
Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarni bilimga bo‘lgan intilishni yuksaltirish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi. Akademik Qalandar Abdurahmonovning Samarqand davlat universitetida Ilmiy maktabi bo‘limi tashkil etildi, shu ilmiy maktabni akademikning ilmiy asarlari bilan boyitish hamda universitet Akademik litseyining kutubxona fondini boyitish va ilmiy-uslubiy yordam tariqasida 30 nusxa badiiy kitoblar, muallifning yozgan kitoblaridan nusxalar faol o‘quvchilarga esa esdalik sovg‘a sifatida berildi.
Uchrashuv so‘nggida Samarqand davlat universiteti hamda Akademik litseyning ilmiy uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini takomillashtirish, yangi innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish masalasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali olimlari, mutaxassislari bilano‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.


