O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4907-son Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish, Fanlar akademiyasi a’zolari tarkibini fanning ustuvor yo‘nalishlarida olib borayotgan faol ilmiy-tadqiqot izlanishlari natijalari bilan respublika va xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan taniqli olimlar hisobiga kengaytirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta’minlash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlansin:

Fizika-matematika fanlari bo‘yicha


Azamov Abdulla - Fanlar akademiyasi Matematika instituti bo‘lim mudiri

Baxadirxanov Muxamed Kabir - Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri

Baxramov Sagdilla Abdullayevich - Fanlar akademiyasi fizika-matematika va texnika fanlari bo‘limi rahbari-ilmiy kotibi

Zaynabidinov Sirajidin - Andijon davlat universiteti professori

Laqayev Saidaxmat Norjigitovich - Samarqand davlat universiteti kafedra mudiri

Usmanov Timurbek - Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri

Egamberdiyev Shuxrat Abdumannapovich - Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori

Kimyo fanlari bo‘yicha


Jalilov Abdulaxat Turapovich - “Toshkent kimyo-texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti” davlat unitar korxonasi direktori

Ibragimov Baxtiyar Tulyaganovich - Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi

Namazov Shafaat Sattarovich - Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

Turayev Abbasxan Sabirxanovich - Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori o‘rinbosari

Biologiya fanlari bo‘yicha



Abduraxmonov Ibroxim Yulchiyevich - Innovatsion rivojlanish vaziri

Sabirov Ravshan Zairovich - Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

Tojibayev Komil Sharobitdinovich - Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori


Texnika fanlari bo‘yicha


Allayev Kaxraman Raximovich - Toshkent davlat texnika universiteti professori

Igamberdiyev Xusan Zakirovich - Toshkent davlat texnika universiteti professori

Mirsaidov Mirziyod - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti kafedra mudiri


Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha


Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich - Toshkent davlat agrar universiteti rektori


Tarix fanlari bo‘yicha


Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich - O‘zbekiston Milliy universiteti professori

Yusupova Diloram Yunusovna - Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi


Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha


Abduraxmanov Kalandar - G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali direktori

Aimbetov Nagmet Kalliyevich - Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi raisi


Filologiya fanlari bo‘yicha

Karimov Naim Fatixovich - Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi yetakchi ilmiy xodimi

Mirzayev To‘ra - Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi


Yuridik fanlar bo‘yicha


Saidov Akmal Xolmatovich - Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori


Pedagogika fanlari bo‘yicha


Jurayev Risbay - Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti loyiha rahbari


Tibbiyot fanlari bo‘yicha


Alyavi Anis Lyutfullayevich - Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari

Aripova Tamaraxon Uktamovna - Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika immunologiya ilmiy markazi direktori

Inoyatova Flora Ilyasovna - Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari

Kurbanov Ravshanbek Davletovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Nazirov Feruz Gafurovich - akademik V.Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori


San’atshunoslik fanlari bo‘yicha


Xakimov Akbar Abdullayevich - Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti bo‘lim mudiri

2. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yo‘ldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari doirasida 2018 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin, ijrosini nazoratga olsin va rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rsin.

“Yo‘l xaritalari”da Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolari tomonidan, jumladan, quyidagi yo‘nalishlardagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilsin:

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat;

ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish;

joylarda ilmiy maktablarni rivojlantirish;

o‘z faoliyatiga tegishli hududiy va tarmoq muammolarining ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish;

ta’lim jarayonida ishtirok etish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish;

xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro miqyosda O‘zbekiston ilm-fani nufuzini yuksaltirish;

ilm-fan taraqqiyotini ta’minlash va innovatsion jarayonlarni jadallashtirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning mazmun-mohiyatini, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini joylarda keng targ‘ib qilish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yo‘ldoshev Fanlar akademiyasining tasdiqlangan haqiqiy a’zolarining 2018 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari” ijrosi monitoringini yuritsin hamda yilning har chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot kiritib borsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017 yil 29 dekabr

manba: uza.uz