2018 yil 9 fevral kuni Buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida universitetning professor-o‘qituvchi va talabalari faol ishtirok etishdi. Marosimda universitetning filologiya fakulteti professori I.Mirzayev nutq so‘zladi.
  Shuningdek, Samarqand davlat universitetining faollar zalida “Ulug‘ allomaga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, keng jamoatchilik vakillari hamda talabalar qatnashdi. Tadbirni universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Eshtayev ochib berdi. Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori M.Muhiddinov “Alisher Navoiy va zamonamiz”, O‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori I.Mirzayev “U.E.Bertels-ilmiy Navoiyshunoslik asoschisi”, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori U.Sanaqulov “Alisher Navoiy-o‘zbek adabiy tilining asoschisi” mavzularida ma’ruza qildilar. Tadbir davomida talabalar ishtirokida musiqiy dastur taqdim etildi, Alisher Navoiy ijodidan she’rlar o‘qildi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi