Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Har qaysi ongli inson farzandining baxt-u kamolini o‘ylab hamisha ezgu intilishlar bilan yashaydi, o`z zo`rriyodining sog`lom va barkamol bo‘lishini istaydi.

Barkamol avlod taqdirida ayolning o‘rni benihoya katta. Ayniqsa davlatimiz tomonidan oila institutiga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik alohida tahsinga sazovordir.

2018 yil 1-may kuni SamDU 4-TTJda universitet xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti va Ijtimoiy fanlar kafedrasi prof-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Oilani mustahkamlashda ayolning o‘rni” mavzusida oilani mustahkamlashga qaratilgan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan prof. F. X. Nabiev, dotsent R. K. Yusupov, dotsent Sh. B. Tuxlieva va ass. G. To‘raevalar talaba qizlarga jamiyatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklari ta`minlanayotgani hamda oila institutini mustahkamlash borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil so`zlab berdilar. Ayniqsa, farzand tarbiyasida, oilani mustahkam bo`lishida ayolning o‘rni juda katta ekanligini alohida ta`kidladilar.

Tadbir o`zaro bahs-munozara, savol-javob ruhida juda qiziqarli o`tdi. Talaba qizlar tomonidan berilgan barcha savollarga ma’ruzachilar hayotiy misollar bilan to`liq javob berdilar. Tadbir so`ngida talaba qizlar qiziqarli ma`ruza hamda bo`lg`usi oila bekasi sifatida berilgan pand-nasihatlari uchun ma`ruzachilarga minnatdorlik bildirdilar.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi