Erasmus+ loyihasi doirasida 1-bosqich doktoranti Shoxrux Djurakulov Ruminiyaning Iasi shahridagi Aleksandru Ioan Kuza universitetida bo'lmoqda.

  Tashrif davomida universitetning Iqtisodiyot va biznesni boshqarishni fakultetining birguruh talabalari bilan "O'zbekistonning tarixi, buguni va iqtisodiy rivojlanish istiqbollari", "O'zbekistonda turizm salohiyati" mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

  Shuningdek, fakultetlar doirasida o'zaro o'quv materiallari va yangi bilimlar almashish, ilmiy rishtalarni bog'lash, oliygohlarimiz o'rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo'yicha fikr almashish ko'zda tutilgan.

  Safar davomida doktorant Iasi shahrining tarixiy qismida ham amaliy tashrif bilan bo'ldi. Turistlarga ko'rsatilayotgan xizmat turlari bilan yaqindan tanishdi.

Safar davom etmoqda.