2018-yil 21-22-may kunlari universitetning jismoniy madaniyat fakultetida “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yili munosabati bilan mini futbol musabaqasi o‘tkazildi.

  Musobaqada jismoniy madaniyat fakultetining 1- kurs talabalari faol ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra faxrli I o‘rinni 105 –guruh, II o‘rinni 101-guruh, III o‘rinni 104- guruh talabalari egallashdi. Tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga diplom, faxriy yorliq va estalik sovg‘alari topshirildi.