24-25 may kunlari Samarqand shahrining Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida kitobxonlar bayrami o‘tkazilmoqda.
Tadbirda Samarqand davlat universitetining axborot resurs markazi jamoasi universitet fondidagi noyob kitoblar ko‘rgazmasi bilan ishtirok etmoqda. Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va ko‘p sonli talabalari kitobxonlar bayramida faol qatnashmoqda.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi