Respublikamiz bo'ylab davom etayotgan "Yosh kitobxon" tanlovining Kattaqo'rg'on shahar bosqichi qizg'in pallaga kirdi.

  Bugun 15-19 yoshlilar o'rtasida o'tkazilayotgan test sinovlarining xolis va shaffof o'tishini Samarqand Davlat universitetidan kelgan professor-o'qituvchilar nazorat qilib borishmoqda.