Samarqand viloyat iqtisodiy sudining raisi bilan uchrashuv
Samarqand viloyat iqtisodiy sudining raisi bilan uchrashuv
- 28.03.2018
- 5277

2018-yil 28-mart kuni geografiya va ekologiya fakulteti majlislar zalida universitetning ijtimoiy-iqtisodiyot, tarix, amaliy matematika va informatika hamda geografiya va ekologiya fakultetlarining professor-o‘qituvchilari va talabalarining Samarqand viloyat iqtisodiy sudining raisi M.A Bozorov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni universitet ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i K.Davronov ochib, kun tartibini e’lon qildi va ma’ruza uchun so‘zni viloyat iqtisodiy sudining raisi M.A Bozorovga berdi. M.A Bozorov ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli “O‘zbekiston respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bo‘yicha sud tizimining bosqichma-bosqich demokratlashtirilishi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan sud hokimiyatining mustaqilligi to‘g‘risidagi konstitusiyaviy tamoyilga qat’iy rioya etilishi mamlakatda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar orasida markaziy o’rinni egallashi va sudning asosiy vazifasi adolatni qaror toptirishdan iboratligi, buning uchun sud har bir ish yuzasidan qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarishi lozimligi, shu maqsadda o‘tgan bir yil mobaynida sud, prokuratura, ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi, ushbu idoralarning vazifalari aniq belgilanib ularning faoliyati xalq manfaatlariga xizmat qilishga yo‘naltirilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir so’ngida tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga ma’ruzachi tomonidan javob berildi.


Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

