Markaziy Osiyo tarixi va arxeologiyasiga bag‘ishlangan anjuman
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zolari tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan arxeologiya vatarix sohasidagi ko‘p yillik ilmiy izlanishlari va bu borada erishgan natijalari uchun O‘zbekiston Milliy universiteti professoriSagdullayev Anatoliy Sagdullayevich O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi sifatida tasdiqlangan edi. Akademikning 2018-yilga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi» asosida ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish, joylarda ilmiy maktablarni rivojlantirish, ta’lim jarayonida ishtirok etish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish hamda O‘zMU va SamDU tarix-arxeologiya ilmiy maktablari o‘rtasidagi fan va ta’lim integrasiyasini chuqurlashtirish, shuningdek o‘zaro ilmiy hamkorligining amaliy ahamiyatini yanada oshirishmaqsadida Samarqand davlat universiteti tarix fakultetida 2018-yil 28-mart kuni “Markaziy Osiyo tarixi va arxeologiyasi muammolari” mavzusida respublika ilmiy-nazariy anjumani tashkil etildi. Konferensiyaga yaqin yillarda Markaziy Osiyo, hususan O‘zbekiston arxeologiyasi, tarixi, etnografiyasi, manbashunosligi va tarixshunosligi sohalarida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan yuzdan ortiq materiallar kelib tushdi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari A.A.Asqarov “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi avtoxton asoslari”, A.S.Sagdullayev “Tarixiy davrlashtirishning ayrim masalalari” mavzularidagi ma’ruzalari ishtirokchilarning katta qiziqishlariga sabab bo’ldi. Shuningdek, anjuman ishining sho‘balarida ko‘plab yosh tadqiqotchilarning ishtirok etishini respublikada keyingi yillarda ilm-fan, hususan arxeolgiya va tarix sohasiga ko‘rsatilayotgan e’tiborning amaliy bir natijasi sifatida baholash mumkin.

D.M.Djurakulova – tarix fakulteti dekani

