Samarqand davlat universiteti Biologiya fakulteti joriy o’quv yilida “Yoshlar ittifoqi" tashabbusi bilan "Zakovat" intellektual o’yini talaba – yoshlarning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va albatta o’zlari tahsil olayotgan fanlar bo’yicha savodxonligini tekshirish maqsadida 20-sentabrdan 24-sentabrgacha o’tkazildi.

  "Zakovat" intellektual o’yinini Biologiya fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Y.S.Ro’ziyev ochib berdi. Qiziqarli va munozaralarga boy bo'lgan ushbu o'yinda talabalar Davlatimiz tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotganliklarini yana bir bor ko’rsatishdi.

  “Zakovat” o’yinining so’ngida Omonova Madina, Sherov Ravshan, Rahmonov Behruz, Isoqulov Nurbek, Yusupova Madina, Shodiyeva Aminalardan iborat “Zukko yoshlar” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdilar. G’olib jamoaga faxriy yorliq va esdalik sovg’alar topshirildi. Kelajakdagi ishlariga omad tilashdi.