Korrupsiya – jamiyatga tahdid

2018-yil 21-sentyabr kuni Samarqand davlat universitetida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida yig’ilish o’tkazildi.
Tadbirda professor-o’qituvchilar, talabalar va huquq tartibot organlari vakillari ishtirok etdi.
Yig’ilishda so’zgan chiqqan Samarqand davlat universiteti rektori, professor Rustam Xalmuradov, Samarqand viloyati prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi katta tergovchisi Zafar Hamdamov va boshыalar mamlakatimizda korrupsiya qarshi kurashish borasida yaratilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning ahamiyati va ularning mazmun-mohiyati haqida to’xtaldilar.
Ta’kidlandiki, korrupsiya jamiyatda nosog’lom muhitni, salbiy illatlarni yuzaga keltiradi, ijtimoiy adolatga rahna solib, fuqarolarda davlat organlariga ishonchsizlik kayfiyati kuchayishiga olib keladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish, ayniqsa, ilm-ma’rifat beshigi bo’lgan oliy ta’lim sohasida yanada muhimdir. Halollik, shaffoflik, o’z kasbiga vijdonan yondashish har bir professor-o’qituvchi kundalik faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim.
Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida hikoya qiluvchi videroliklar namoyish etildi.

Mavlon Boboxonov, rus filologiyasi fakulteti dekanining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari

