Farzandlar taqdiri uchun barchamiz mas’ulmiz

Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi farzandlarimizning bugungi ta’lim-tarbiyasiga, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bevosita bog‘liq.
Samarqand davlat universiteti Rus filologiyasi fakulteti talabalarining ota-onalari bilan bo‘lib o’tgan yig‘ilishda asosan shu haqda so‘z bordi.
Yig‘ilishda universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A. Eshtayev, xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti raisi Sh. To‘xliyeva, respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari hamda fakultet dekani M. Yuldashev so‘zga chiqib, yoshlarimiz o‘zlariga bildirilayotgan yuksak ishonch va g‘amxo‘rlikni teran anglagan holda, el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashlari lozimligini ta’kidladilar.
Tadbir so‘ngida “Hujradagi zulmat” nomli hujjatli film namoyish etildi.


