Konstitutsiya– davlatimizning bosh qonuni, huquq va erkinliklarimiz kafolati, dunyoda tenglar ichida teng, davlatchilik tarixiga ega xalq, suveren davlat ekanimizning shahodati hamdir.
  Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda yig‘ilganlar Bosh qomusimizning ijtimoiy hayotimizda tutgan o‘rni, uning naqadar salmoqli, muhim siyosiy va tarixiy hujjat ekani haqidagi ma’ruzalardan bahramand bo‘ldilar.
  Bayram munosabati bilan mehnatda alohida o‘rnak ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar universitet ma’muriyati tomonidan taqdirlandi. Vatan madhidagi kuy-qo‘shiqlar marosim ishtirokchilariga zavq ulashdi.

Axborot xizmati