SamDUda online “Ma’naviyat soati”

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” nodavlat ta’lim muassasasi hamda “iqtidor.uz” internet veb-sayti bilan hamkorlikda, Samarqand davlat universitetida “Harakatlar strategiyasining Konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari” mavzusida online “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi. Unda Toshkent davlat yuridik universiteti professori Xaydarali Muhamedov ma’ruza qildi. Onlayn “Ma’naviyat soati”da viloyatning bir qator tashkilotlaridan vakillar va talabalar ishtirok etishdi.