2018-yil 14-sentyabr kuni universitet Bosh binosi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zRFA Yadro fizikasi instituti, Samarqand davlat universiteti, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (Rossiya, Dubna shahri) hamda Yevropa yadro tadqiqotlari markazi (Shveysariya, Jeneva shahri) hamkorligida “Katta adron kollayderida o‘tkazilayotgan fizik tadqiqotlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

  Konferensiya ishida AQSh, Fransiya, Italiya, Shveysariya, Hindiston, shuningdek, Rossiya, Ukraina, Belorusiya kabi hamdo‘stlik mamlakatlaridan 60 dan ortiq, Respublikamiz ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlaridan 40 dan ortiq olimlar qatnashdi.

Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy - pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi