2017-2021-yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 5-dekabr kuni Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining tijoratlashtirish bo‘linmalari mutaxassislarining bilimini oshirish bo‘yicha Samarqand davlat universitetida seminar o‘tkazildi.
  Seminarda Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fan va ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i N.Mo‘minov, mutaxassis B.Tagayev hamda Samarqand viloyatidagi OTMlarning shu soha xodimlari ishtirok etdilar.

Axborot xizmati