Samarqand davlat universitetining xalqaro aloqalar boʻlimi bilan Fransiyaning Puatye Universiteti va nogironlarga taʼlim berish instituti hamkorligida amaliy ko'rgazma tadbiri boʻlib oʻtdi.
  Unda frantsiyalik professorlar Patris Nodin hamda Puig Joze ishtirok etdi.
  Amaliy ko'rgazmada iqtisodiyot va biznes fakulteti talabalari ham faol qatnashib, frantsiyalik olimlar bilan Farangiston madaniyati va tarixi, frantsuz maktablarining faoliyati haqida muloqot qilishdi. Kelgusida Samarqand davlat universiteti va Frantsiya universitetlari o'rtasida talabalar va o'qituvchilar almashinuvi, malakali kadrlar tayyorlash har ikki tomon uchun manfaatli bo`lishi haqida fikrlar bildirildi.

Axborot xizmati