Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultet dekanlari o‘rinbosarlari, akademik guruhlar murabbiylari ishtirok etdi.

  Seminarda Samarqand davlat universiteti professori F. Nabiyevning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar”, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori M. Pardayevning “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ning mazmun-mohiyati xususida ma’ruzalari tinglandi.

  Seminar yakunlariga ko‘ra yoshlar bilan ishlashni yanada keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Murojaatnomadan kelib chiqadigan vazifalar belgilab olindi.

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi