60 yosh - navqiron yosh

Bugun qutlug‘ oltmish yoshni qarshilagan Farhod Nabiyev chin ma’noda ilmning etagini tutgan insonlardan. Uning ongli hayoti Samarqand davlat universiteti bilan bog‘liq: shunda tahsil oldi, ilm bilan mashul bo‘ldi – fan doktori ilmiy unvoni, professorlik darajasiga erishdi. Safdoshi professor Mamayusuf Pardayev ta’biri bilan aytganda, ilm-fanning o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarini sabot bilan kechib o‘tib, chin ma'nodagi olimlikning oliy rutbasiga musharraf bo‘ldi.
Samarqand davlat universitetida olimning oltmish yoshlik yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. Uni universitet rektori, viloyat hokimligi, hamda “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetasi jamoalarining vakillari, shuningdek safdoshlari qizg‘in qutladilar, sovg‘a-salomlar bilan siyladilar.
E’tiborli jihati shundaki, olim xuddi burungidek tadbirdan so‘ng “ta’til”ga emas yana tahsilga kirishdi. Shu yerning o‘zida uning tashabbusi bilan tashkil etilgan “korrupsiyaga qarshi kurashda ijtimoiy nazoratga oid bilimlarning tutgan o‘rni” mavzuidagi ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi.