O‘zbekiston va Fransiya ilmiy-amaliy aloqalari

Samarqand davlat universiteti “Iqtisodiyot va biznes” fakultetida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi siyosiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi Aleksandr Sastre “Fransiyada oliy ta’lim tizimi” va “Fransiya iqtisodiyoti” mavzularida fakultet talabalari uchun master-klass o‘tkazildi.
Master-klassning birinchi qismida talabalar va magistrlarga Fransiyada o‘qish uchun sharoitlar, grantlar, va universitetlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Master-klassning ikkinchi qismida Fransiya iqtisodiyoti haqida, ayniqsa, turizm sohasi rivojlanishiga alohida urg‘u berildi.