«Mahmud Zamaxshariy, Mahmud Koshg‘ariy va Alisher Navoiyning lingvistik merosi hamda uning turkiy tillarni o‘rganishdagi o‘rni» nomli xalqaro konferensiya

Samarqand davlat universitetida 8-9 noyabr kunlari “Mahmud Zamaxshariy, Mahmud Koshg‘ariy va Alisher Navoiyning lingvistik merosi hamda uning turkiy tillarni o‘rganishdagi o‘rni” mavzusida Xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon, Rossiya Federasiyasidan hamda mamlakatimizning turli universitetlari va boshqa ilmiy dargohlaridan kelgan 72 nafar olim va tadqiqotchilar qatnashdilar.
Konferensiyada ulug‘ filolog ajdodlar ilmiy merosini hamda turkiy tillar lahja va shevalarini o‘rganishni chuqurlashtirish bo‘yicha qaror, taklif va murojaatlar qabul qilindi. Turkiy tillar dialektologiyasiga bag‘ishlangan ikkinchi ana shunday konferensiyani qo‘shni Qozog‘istonda tashkil etish xususida umumiy fikrga kelindi.


