Toshkentga sayohat
Universitet birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlarning Toshkent shahriga sayohati tashkil etildi.
Ular Oqsaroy majmuasida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov yodgorlik monumenti poyiga hurmat bajo keltirib, “Butun olamni jo qilgan yurak” nomli badiiy ko‘rgazma bilan tanishdilar. Shuningdek, Mustaqillik, Xotira maydoni, Xastimom majmuasi, Minor masjidi, Shahidlar xotirasi majmuasi kabi poytaxtning diqqatga sazovor joylarini borib ko‘rishdi.