SamDUda “Universitetlar va xalqaro reyting: rivojlanish strategiyasi” mavzusida seminar o‘tkazildi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan 2019-yilning 14-15 yanvar kunlari Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida“Universitetlar va xalqaro reyting: rivojlanish strategiyasi" mavzusida birinchi Xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti prorektori Sultanov Taxirjon Zakirovich rahbarligida Xalqaro konferensiya ishtirokchilari bo‘lgan bir qator xorijiy mutaxassislar 2019 yilning 16 yanvar kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
2019-yilning 16-yanvar kuni Samarqand davlat universitetida “Universitetlar va xalqaro reyting: rivojlanish strategiyasi («Universities and International Rankings: Strategy Building»)” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda xorijlik mutaxassislardan Kibermetrika Lab huzuridagi jahon universitetlari reytingi direktori Isidro Aduillo, Rossiyalik mutaxassislar Yelena Chernishkova hamda Yelena Kolesnikova seminar qatnashchilariga o‘z ma’ruzalarini taqdim etdi. Seminarda Samarqand shahridagi barcha Oliy o‘quv yurtlari rektorlari hamda prorektorlari ishtirok etdi.
Seminarni SamDU o‘quv ishlari prorektori A.S.Soleyev boshqarib bordi vatashkil etilgan ushbu seminar yuqori malakali mutaxassislarni, pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ularni zamonaviy talablar va ilg‘or xorijiy tajriba bilan qurollantirish borasida katta ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.
Kibermetrika Lab huzuridagi jahon universitetlari reytingi direktori Isidro Aduillo o‘z ma’ruzasida vebometrikaga kirish yuzasidan to‘xtalib o‘tgan bo‘lsa, Rossiyalik mutaxassis Yelena Chernisheva “Xalqaro akademik ishga olish: obro‘-e’tibor va boshqa muvaffaqiyat omillari” mavzusida, Yelena Kolesnikova esa "5-100 loyihasi" ning mohiyati bo‘yicha ma’lumot berdi.