Prezident murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha seminar bo’lib o’tdi

Fizika fakulteti majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Tadbirda fakultetining barcha professor-o‘qituvchilari, texnik xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda fakultet dekani dots. A.Absanovning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar”, o’quv ishlar bo’yich dekan o’rinbosarining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ning mazmun-mohiyati xususida ma’ruzalari tinglandi.
Seminar yakunlariga ko‘ra yoshlar bilan ishlashni yanada keng yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Murojaatnomadan kelib chiqadigan vazifalar belgilab olindi.


Fizika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: A.Norqulov

