Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakultetida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, olim va shoir, shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536-yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan fakultet dekani M. Yuldashev va boshqalar Boburning dilbar she’rlari, ko‘pgina Sharq davlatlarining tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma’lumot beruvchi “Boburnoma”si yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etayotganligini ta’kidladi.
  Kecha so‘ngida talabalar ijrosida Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qildi, tadbirda faol qatnashgan talabalarga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi