O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi №PF-5618-son "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi yuzasidan, 2019-yil 14-fevral kuni Samarqand davlat universiteti Kimyo fakultetida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand shahar 3-son IIB leytenanti Meliyev Doston Rustamovich ham ishtiroq etdi.
  Tadbir davomida “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish – demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir” degan hayotiy g‘oyalarni mustahkamlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta’lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savol va takliflar atroflicha muhokama qilindi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi