Samarqand davlat universiteti va TATU Samarqand filiali o’rtasida hamkorlik yuzasidan I kurslar o’rtasida “Dasturlash asoslari” fanidan jamoaviy olimpiada tashkil qilindi. Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakultetining I bosqich talabalaridan 4 ta jamoa qatnashdi. Olimpiada natijalariga ko’ra SamDU Amaliy matematika va informatika fakulteti talabalari 14 ta jamoa ichidan faxrli III-o’rinni egalladi