Joriy yilning aprel oyining so’nggi kunlarida Germaniyaning Draft universitetining turli sohalarida tahsil olayotgan 14 nafar talabalari va bir nafar o’qituvchisiSivil xonimSamarqand davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko’zlangan maqsad universitetlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va xorijiy talabalar bilan universitet talabalari o’rtasida fikr almashinuvni yo’lga qo’yishdir. Germaniyaning Draft universiteti professori Sivil xonim talabalari hamrohligida universitetda taqdimot tashkil etdi. Germaniyada oliy ta’limda o’qish va talabalar uchun yaratilgan shart – sharoitlar xususida to’xtalib, bir nechta yangi yo’nalishlar bo’yicha magistraturada ham o’qish haqida universitet talabalariga ma’lumot berdi. Ayniqsa, Germaniya talabalari bilan bo’lgan jonli muloqotda qatnashgan talabalarni juda qiziqtirdi. O’zlari qiziqqan sohalar bo’yicha savol-javob tarzida taqdimot qiziqarli o’tdi.