“XOTIRA MUQADDAS - XOTIRA MANGU”

Samarqand Davlat universitetining Maktabgacha ta’lim fakultetida 2019-yil 7-may kuni “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Xotira muqaddas-xotira mangu” deb nomlangan tasviriy va amaliy san’at ko’rgazmasi tashkil etildi.
Ko’rgazmani Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani professor B.T.Xaydarov ochib berdi. Tasviriy san’at ko’rgazmasida Maktabgacha ta’lim fakulteti “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedrasining “Musavvir” ilmiy-ijodiy to’garagi talabalari va ikkinchi bosqich “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi 206-maxsus iqtidorli guruhning 15 nafar ijodkor talabalari o’z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi. Tasviriy va amaliy san’at ko’rgazmasi ekspozitsiyasidan “Musavvir” ilmiy-ijodiy to’garagi a’zosi Maxmayusupov Abbosning “Vatan himoyasi muqaddas burch”, ”Mangu jasorat”, 206-maxsus iqtidorli guruh talabalari Sadanova Shaxrizoda va Turopova Sarvinozlarning ijtimoiy shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan buyumlarga ishlangan amaliy san’at namunalari, Xudoyberdiyeva Janona, Nazarova Bahora Temirova Amina, Baxronov Sunnatillo, Hamroyeva Yulduz, Tangirova Yulduz Asatullayeva Bahora, Qudratov Isomiddin, Rashidov Furqat, Boboyeva Vazira, Mamarasulova Sarvinoz,Turdiyeva Pokizalarning manzara, portret, natyurmort, maishiy janrlarda ishlangan ijodiy ishlari ko’rgazma ishtirokchilariga manzur bo’ldi.


