Ehtirom

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand Davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi viloyat muzeyi va fidoiy inson Farhod Alizoda tomonidan 1930-yillarda Samarqand turmasida qatl etilgan qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan hamkorlikdagi marosim bo‘lib o‘tdi. Vatan ravnaqi yo‘lida shahid ketganlar suyaklari dafn etilgan qabr hududida o‘tkazilgan bu tadbirda Samarqand shahridagi rus, tojik, eroniy, qrim tatarlari, polyak, nemis, yahudiy milliy markazlari vakillari ishtirok etishdi va o‘tganlarning tabarruk xotirasini yod olishdi. Tadbirning xalqlar do‘stligi va birdamligini ta’minlashdagi xizmati alohida ta’kidlandi.

SamDU matbuot xizmati

