O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to’ldi

Samarqand Davlat universitetida qutlug’ sana munosabati bilan tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman O’zbek tilshunosligining dolzarb masalalariga bag’ishlandi.
Konferensiyani SamDU prorektori Hakim Xushvaqtov olib bordi.
Asosiy e’tibor o’zbek tilining sofligini asrash bu boradagi yutuq va muammolar, nutq madaniyati hamda adabiy til me’yorlari, “Davlat tili haqida”gi Qonun va adabiy til rivojiga, shuningdek OAV da ona tilimizning talqin etilishi, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf qilish masalalariga qaratildi.
Tadbirda so’z olgan taniqli tilshunos olimlar, filologiya fanlari doktorlari, professorlar Jo’liboy Eltazarov, Ibodulla Mirzayev, Suyun Karimov, Mardon Boltayev va boshqalar o’zbek tilining Davlat va jamiyat boshqaruvida, diplomatik aloqalar, ilm-fan singari barcha sohalardagi qadr-qimmati, nufuzi haqida to’lqinlanib gapirishdi. O’zbek tilini tashqi va ichki tahdidlardan asrash, ona tilimizni siyqalashtirish emas, uni sayqallashtirish hususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Yakunda talabalar tomonidan o’zbek tilini ulug’lovchi she'rlar o’qilib, kichik sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
SamDU matbuot xizmati.