Fransiyaning O’zbekistondagi muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim 2019-yil 21-fevral kuni universitetimizga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida SamDU rektori prof. R.I.Xalmuradov va Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor M.G.Nasirov bilan uchrashdi. Faxriy mehmon universitetimizda tashkil qilingan “Sharq qo’lyozmalari kitobxonlik ko’rgazmasi”da ham qatnashdi va Tarix fakultetining arxeologiya muzeyiga ham tashrif buyurdi. Bundan tashqari, SamDU qoshida tashkil qilinayotgan “Xalqaro ta’lim dasturlari” markazi binosida ham bo’lib, Fransiya ta’lim markazi tashkil etilishi xususida fikrlar almashildi.

Xalqaro hamkorlik bo’limi