Innovatsion g’oyalar va ularning dasturiy ishlanmalari tanlovi

Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakultetida “Innovatsion g’oyalar va ularning dasturiy ishlanmalari” tanlovi o’tkazildi. Tanlovda fakultet talabalaridan 13 ta jamoa o’zlarining dasturiy ishlanmalari bilan qatnashdi, tanlov natijalariga ko’ra quyidagi ishlanmalar sovrindor sifatida e’tirof etildi.
I-o’rin 2-kurs talabasi Sayidqulov Asliddin “Oliy ta’lim talabalar davomati va dars jadvalini avtomatlashtirsh” tizimi.
II-o’rin 2-kurs talabasi Narzullayev Xait “Mashinali o’qitish” tizimi.
III-o’rin 2-kurs talabasi Bultakov Ibroxim “Tashkilotlarning moddiy ashyolarini QRcod orqali monitoring qilish” tizimi.


