“Samarqand shahri kuni” munosabati bilan o’tkazilayotgan bayram tabirlarida Samarqand Davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Buyuk sarkarda Amir Temur haykali poyiga gul qo’yish marosimida universitet professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan eko marafonda universitetning 200 nafardan ortiq talabalari ishtirok etishdi. Marafonda jismoniy madaniyat fakulteti 2-kurs talabasi Izayeva Diyora 1-o’rinni, 1-kurs talabasi Hamroqulova Shaxlo 3-o’rinni egalladi.

  Alisher Novoiy nomidagi markaziy istirohat bog’ida universitet sahnasi va ko’rgazmasi tashkil etildi. “Guldasta” ansambli tomonidan konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi.