Samarqand davlat universiteti Biologiya fakultetida “Yoshlar ittifoqi" tashabbusi bilan "ZUKKO KITOBXON" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

  Ushbu ko‘rik tanlovni fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Y.S. Ruziyev ochib berdi. Ko‘rik tanlovni o`tkazishdan asosiy maqsad talaba yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularning badiy adabiyotga bo`lgan qiziqishini oshirish.

  Qiziqarli va munozaralarga boy bo'lgan ushbu ko‘rik tanlov talabalar Davlatimiz tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotganliklarini yana bir bor ko’rsatishdi.

"ZUKKO KITOBXON" ko‘rik tanlovi g‘oliblari.

1-o'rin 102 -guruh talabalari

2-o'rin 104-guruh talabalari

3-o'rin 101-guruh talabalari

G’olib jamoalarga faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

Biologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Ruziyev Yu.S.