Shu yilning 14-15 may kunlari Samarqand Davlat universitetida tashkil etilgan hamkorlikdagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
SamDUning faollar zalida tashkil etilgan “Ilm-fan, ta’lim, texnologiya, matematika va tibbiyot” deya nomlangan xalqaro anjuman avvalida universitet rektori, professor Rustam Xalmurodov ayni jihatlarga batafsil to'xtalib, Isroilning nufuzli Halon universiteti va samarqandlik professor-olimlar, o‘qituvchi hamda talaba yoshlarning hamkorligi taraqqiyotga, oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi.
Anjumanda Holon texnologiyalar instituti rektori, professor Eduard Yakubov so‘zga chiqdi.
Xalqaro anjumanda Holon texnologiyalar instituti tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan innavatsion kashfiyotlar namoyish etildi. Xususan, yaqinda kashf etilgan zamonaviy robotning imkoniyatlari, jismoniy harakatlarini ko‘pchilik yuqori baholadi.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi